753
Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qildi

Foto: «Vaqf» xayriya jamoat fondi matbuot xizmati
23 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi, «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbarlari hamda Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni podshohligi o‘rtasida ishonchli hamkorlik va do‘stona munosabat o‘rnatilgan bo‘lib, ikki davlat orasida ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv chog‘ida Saudiya Arabistonining «Podshoh Salmon» nomidagi insonparvarlik yordami markazi kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan, mamlakatga beg‘araz ko‘mak sifatida 50 tonna xurmo sovg‘a qilgan. Xurmolarni Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Hishom ibn Mish’al ibn Suvaylim O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov va «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovga topshirgan.
![]()
Foto: «Vaqf» xayriya jamoat fondi matbuot xizmati
Mazkur xurmolar «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyi arafasida respublikadagi tashkilotlar, masjidlar, madrasalarga xayriya sifatida tarqatilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

«Farosatsizlikka yo‘l qo‘ygan mahalliy mutasaddilarni mutlaqo oqlab bo‘lmaydi» — «Vaqf» fondi

O‘zbekistonda Hajga borishni rejalashtirgan fuqarolarning navbati nima bo‘ladi?

Ramazonda iftor marosimlari qilmaslik, uning pulini muhtoj oilalarga berish tavsiya qilindi

Saudiya Arabistoni 7 ta davlat fuqarolariga turistik vizalar berishni to‘xtatdi

«Vaqf»ning «Malibu» avtomobili masalasiga oydinlik kiritildi

«Vaqf» raisi «Malibu-2» oldimi?