1 674
Andijonda 6 gektar yerni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Andijon viloyatining Baliqchi tumanida sabzavotchilikka ixtisoslashgan yer maydonini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, «N.» fermer xo‘jaligi rahbari X.R. F.T.ning ishonchiga kirib, unga fermer xo‘jaligiga tegishli sabzavotchilikka ixtisoslashgan yer maydonining 6 gektarini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bog‘dorchilik yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlarni 18 ming dollar evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Oldindan kelishilgan puldan 189 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida departament hamda DXXning Baliqchi tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi