
Foto: YHXBB
Sirdaryo viloyatida ikki yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda YHXBB.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 27 mart kuni soat 13:30 larda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 84-kilometrida, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan S.Y. boshqaruvidagi «Kamaz-5410» hamda 1985 yilda tug‘ilgan Z.X. boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Zarb oqibatida «Kamaz-5410» rusumli yuk avtomobili ag‘darilgan.

Foto: YHXBB
To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur hodisa yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritish va YTH sabab yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar