
O‘zbekistonning markaziy hududlarida 28 mart kuni kunning birinchi yarmida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik — jala oqibatida bir necha hududlarda sel keldi. Xususan, Navoiy viloyatining Nurota tumanida ham sel kuzatilgan.
— Shukhrat (@bankir2102) March 28, 2021
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolarning birida Nurotadagi o‘z o‘zanidan o‘tayotgan sel tirkamasida odam bo‘lgan mashinani oqizib ketayotganini ko‘rish mumkin. Video davomida tirkamadagi odam sohilga chiqib olishga urinayotgani, hodisa guvohlari esa unga yordamga shoshayotganini ko‘rish mumkin.
Hodisa yakuni, jumladan, tirkamada oqqan odamning holati haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
— Shukhrat (@bankir2102) March 28, 2021
Yog‘ingarchilik oqibatida Navoiy viloyatining boshqa — Xatirchi va Karmana tumanlarida ham suv to‘planishi, toshqin holatlari qayd etilgan.
— Shukhrat (@bankir2102) March 28, 2021
— Shukhrat (@bankir2102) March 28, 2021
— Shukhrat (@bankir2102) March 28, 2021“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar