07:23 / 29.03.2021
4 155

«Bu sharmandalikdan so‘ng ko‘chada qoldim, endi fohishalik qilaman-da» - Ichkiyimda sumalak kovlagan qiz

«Bu sharmandalikdan so‘ng ko‘chada qoldim, endi fohishalik qilaman-da» - Ichkiyimda sumalak kovlagan qiz
Foto: Facebook
Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan «Sahara» kafesi oldida shu kafeda ishlovchi bir guruh xotin-qizlar yarimyalang‘och kiyingan holda sumalak pishirayotganliklari aks etgan video 21 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilari tomonidan keskin tanqid qilingandi. Keyinchalik videoda aks etgan 6 nafar ayol sud qilindi hamda ularning 3 nafari 15 sutkaga qamaldi. Yana 3 nafari esa yosh bolali bo‘lgani sababli eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorda jarima to‘lash sharti bilan ozod qilindi.

Yarimyalang‘och holda sumalak kovlagan qizlardan biri «Rost24.uz»ga bergan intervyusida ishsiz qolgani uchun endi fohishalik bilan shug‘ullanishini aytdi.

«Men mana shu sud va OAVdagi sharmandalikdan so‘ng ko‘chada qoldim. 4 yildan beri ikki xonali uyda ijarada yashar edim. Uyga kir yuvish mashinasi, konditsioner va qimmat gilamlar xarid qilganman. Shunga qaramay, video tarqab ketgach mana ijarachi meni ko‘chaga haydab yubordi. Ish joyimdan ham haydaldim», — degan ismi oshkor etilmagan ayol.

Uning aytishicha, Xorazmda kamida 20—30 ta tungi klub bor. Ularning har birida 15—20 nafardan ular kabi raqqosalar o‘ynaydi. Militsionerlar qistovi bilan 1,5 million so‘mga raqqosalik uchun guvohnoma sotib olgan, lekin endi uni qayta ishga olishmayapti. «Otam mendan yuz o‘girdi. Bugun o‘ta tushkun ahvoldaman. Endi qanday kun ko‘raman?» — degan u.

Raqqosa ayolning aytishicha, uni 15 yoshida turmushga berishgan. Qo‘lida hunari yo‘q, endigina 9-sinfni bitirgan qiz bo‘lgan. Olti yil yashab, ikki farzandli bo‘lgan, keyin turmush o‘rtog‘i tashlab ketgan. «Hech kim menga o‘shanda yordam bermagan. Hozir 26 yoshdaman. Erim uchinchi bor uylangan. Farzandlarim sobiq erim — otasi bilan yashaydi. Men ham ular bilan uchrashib turaman», — degan «Sahara» kafesining endilikda sobiq raqqosasi.

«Kreditga uy olayotgan edim. So‘ngi bor mart oyiga to‘lov qildim. Endi ishsiz qolib, kreditlarimni qanday qoplashni ham bilmay qoldim. Hech kim yordam berayotgani yo‘q. Men doim o‘zimni o‘zim eplab kelganman. Shu vaqtgacha hech kim menga yordam bermagan. O‘zim yiqilib, o‘zim turganman. Birovga zarar qilmaganman, birovning oilasini buzmaganman. Nonsiz qolgan kunlarimda ham hech kim menga yordam bermagan. Videomizni ijtimoiy tarmoqqa joylagan qiz sabab mana bugun ko‘chada yana ishsiz, uysiz qoldim. Nima ish bilan shug‘ullanardim, endi fohishalik qilaman-da», — degan u.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bu sharmandalikdan so‘ng ko‘chada qoldim, endi fohishalik qilaman-da» - Ichkiyimda sumalak kovlagan qiz