Foto: FVV
FVV qutqaruvchilari tomonidan 4 ta avtomobil bilan sodir bo‘lgan YTH oqibatlari bartaraf etildi.
Hodisa «Toshkent-O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 249 kilometrida sodir bo‘ldi. Farg‘ona vodiysi tomon yo‘l olgan avtokran haydovchisi to‘satdan boshqaruvni yo‘qotgan, natijada u oldinda ketayotgan «Jentra»ga, so‘ngra qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib yana uchta mashinaga urilgan. Avtohalokat ko‘lami katta bo‘lishiga qaramay, avariyada qurbonlar yo‘q.
Avtokran haydovchisi oyog‘idan jarohat olgan, uni Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari maxsus quqaruv vositalari yordamida salondan chiqarib olishdi.
Shuningdek, avtomashinalardan birining haydovchisi yengil tan jarohati oldi. Avariya oqibatlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus yong‘in qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan zudlik bilan bartaraf etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi