23:20 / 30.03.2021
1 860

736 mln. so‘mlik “shina”lar chegaradan o‘tolmadi

736 mln. so‘mlik “shina”lar chegaradan o‘tolmadi
Tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Chuqursoy texnik idorasi” hamda “Toshkent-tovar” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan yuk konteynerida Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi ma’suliyati cheklangan jamiyat nomiga keltirilgan “velosiped ehtiyot qismlari” tovarlari ko‘zdan kechirilganda, mazkur konteynerda yuk-kuzatuv xujjatlarida ko‘rsatilmagan va ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan jami qiymati 555 mln. so‘mlik 47 ming 350 dona velosiped shinalari hamda kameralari borligi aniqlandi.

Navbatdagi holatda esa Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi yana bir ma’suliyati cheklangan jamiyat nomiga keltirilgan “velosiped ehtiyot qismlari” tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yo‘l yuk-kuzatuv xujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 181 mln. 650 ming so‘mlik 8650 dona velosiped shinalari borligi aniqlandi.Hozir da mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 736 mln. so‘mlik “shina”lar chegaradan o‘tolmadi