12:30 / 31.03.2021
2 653

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ortmoqda

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ortmoqda
2021 yil 30 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82869 (+187) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV rasmiy xabarida ma’lumot berilgan.

Yangi kasallanish holatlarining:
8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
2 nafari Andijon viloyatida,
5 nafari Buxoro viloyatida,
5 nafari Jizzax viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
18 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
1 nafari Farg‘ona viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
32 nafari Toshkent viloyatida,
110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ta’kidlash kerakki, o‘tgan bir sutka davomida Qoraqalpog‘iston qayd etilgan ko‘rsatkich respublikaning 2021 yilgi antirekordi hisoblanadi — bungacha Qoraqalpog‘istonda yilning eng yuqori ko‘rsatkichi 12 mart kuni (4 ta holat) aniqlangan edi.

Toshkent va Samarqand viloyatlari kesimida ham 2021 yilgi antirekord yangilangan — viloyatlarda eng ko‘p kasallanish holatlari mos ravishda 24 mart (20 ta holat) hamda 25 mart kuni (13 ta holat) qayd etilgan edi.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 629 nafarga etdi.

SSVning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan bir sutka davomida Buxoroda 7 kishi, Qashqadaryoda bir kishi, Toshkent viloyatida 15 kishi, Toshkent shahrida esa 161 kishi, respublika bo‘yicha jami 184 kishi COVID-19 dan tuzalgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1257 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ortmoqda