Foto: Tergov departamenti
Namangan viloyati, Marhamat tumani IIB boshlig‘i nomiga fuqaro 25 yoshli Nazokat T. ariza bilan murojaat qilib, tanishi 25 yoshli Moxiraxon T. uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish maqsadida uning surati ustiga go‘yoki «Nazokat 50 000 so‘m evaziga fohishalik bilan shug‘ullanadi» degan mazmunda yozuv, telefon raqami ko‘rsatilgan suratni «Telegram» ijtimoiy tarmog‘ining 1200 nafar obunachisi bo‘lgan guruhga joylab, tarqatib yuborishi natijasida uning sha’ni va qadr qimmatini kamsitgan.
Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Moxiraxon T. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi «g» bandi (Tuhmat, ya’ni g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda bila turib shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayb e’lon qilingan. Hozirda ushbu jinoyat ishi tegishli tartibda tuman sudiga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi