Milliy matbuot markazida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining «Kon va istiqbolli maydonlarni ochiq auksion savdolari orqali mahalliy va chet ellik investorlarga sotish borasida belgilangan ustuvor vazifalar» mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Qo‘mitaning Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlash boshqarmasi boshlig‘i Asror Rustamov o‘tgan 2020 yilda davlat zaxiralariga olingan konlar haqida ma’lumot berdi.
«2020 yilda respublika bo‘ylab bir nechta konlar davlat zaxiralar komissiyasida ro‘yxatga olindi. Shundan, Qizilqumda 133 tonna zaxiraga ega «Chuqurquduq» oltin koni, 70–80 tonna bashoratli resurslar bo‘lgan konni davlat balansiga oldik.
Surxondaryoda qazib olinayotgan qo‘rg‘oshin-rux koni yonida yana bir konni davlat zaxiralar komissiyasidan o‘tkazdik, «Chinorsoy» polimetall koni deb ataladigan bu kon nafaqat qo‘rg‘oshin, balki oltin va kumush zaxiralari mavjud kompleks metallarga ega.
Shuningdek, 2020 yildagi mehnat mahsuli bo‘lgan - Olmaliqda katta mis koni yaqinda ochilish arafasida turibdi. U joydagi 200 ming tonnadan ortiq mis zaxiralari operativ davlat balansiga olib qo‘yildi.
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasidagi Sariko‘l konida katta qiymatga ega volfram zaxirasini ham davlat ro‘yxatiga oldik», deya zaxiraga olingan konlar haqida ma’lumot berdi Asror Rustamov.
Shuningdek, qo‘mita boshqarma boshlig‘i joriy yil geologik tadqiqotlar uchun texnologik yangilanishlarga 185 mlrd so‘m sarflanishi reja qilinganini ochiqladi.
«Bu ishlar, albatta, davlat rahbari va hukumatimizning geologiya sohasiga qaratayotgan e’tibori samarasi deb bilaman. Shu bilan birga, joriy yilda Davlat geologiya qo‘mitasiga 1 trln 200 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan 185 mlrd so‘mi texnikalarga sarflanadi. Bu bizning ilmiy faoliyatimizni amalga oshirishga katta yordam beradi», dedi Asror Rustamov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)