16:23 / 01.04.2021
4 587

«133 tonnalik yangi oltin koni topildi» – Geologiya qo‘mitasi

«133 tonnalik yangi oltin koni topildi» – Geologiya qo‘mitasi
Milliy matbuot markazida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining «Kon va istiqbolli maydonlarni ochiq auksion savdolari orqali mahalliy va chet ellik investorlarga sotish borasida belgilangan ustuvor vazifalar» mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mitaning Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlash boshqarmasi boshlig‘i Asror Rustamov o‘tgan 2020 yilda davlat zaxiralariga olingan konlar haqida ma’lumot berdi.

«2020 yilda respublika bo‘ylab bir nechta konlar davlat zaxiralar komissiyasida ro‘yxatga olindi. Shundan, Qizilqumda 133 tonna zaxiraga ega «Chuqurquduq» oltin koni, 70–80 tonna bashoratli resurslar bo‘lgan konni davlat balansiga oldik.

Surxondaryoda qazib olinayotgan qo‘rg‘oshin-rux koni yonida yana bir konni davlat zaxiralar komissiyasidan o‘tkazdik, «Chinorsoy» polimetall koni deb ataladigan bu kon nafaqat qo‘rg‘oshin, balki oltin va kumush zaxiralari mavjud kompleks metallarga ega.

Shuningdek, 2020 yildagi mehnat mahsuli bo‘lgan - Olmaliqda katta mis koni yaqinda ochilish arafasida turibdi. U joydagi 200 ming tonnadan ortiq mis zaxiralari operativ davlat balansiga olib qo‘yildi.

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasidagi Sariko‘l konida katta qiymatga ega volfram zaxirasini ham davlat ro‘yxatiga oldik
», deya zaxiraga olingan konlar haqida ma’lumot berdi Asror Rustamov.

Shuningdek, qo‘mita boshqarma boshlig‘i joriy yil geologik tadqiqotlar uchun texnologik yangilanishlarga 185 mlrd so‘m sarflanishi reja qilinganini ochiqladi.

«Bu ishlar, albatta, davlat rahbari va hukumatimizning geologiya sohasiga qaratayotgan e’tibori samarasi deb bilaman. Shu bilan birga, joriy yilda Davlat geologiya qo‘mitasiga 1 trln 200 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan 185 mlrd so‘mi texnikalarga sarflanadi. Bu bizning ilmiy faoliyatimizni amalga oshirishga katta yordam beradi», dedi Asror Rustamov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «133 tonnalik yangi oltin koni topildi» – Geologiya qo‘mitasi