
Bojxona organlari tomonidan yurtimizga yashirin yo‘llar bilan qimmatbaho metall hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini olib kirishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelib, “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro U.Z.ning yuklari tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan 560 gramm oq va sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar