14:45 / 02.04.2021
2 711

Zoir Mirzayev: «Muhtoj oilalarga qurilgan arzon uylarni hokimiyat ishchilari olgan»

Zoir Mirzayev: «Muhtoj oilalarga qurilgan arzon uylarni hokimiyat ishchilari olgan»
Qarshida qurilgan arzon uylarning katta qismini hokimiyat ishchilari olgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev 31 mart kuni Qamashi tuman «Balandchayla» MFY hududida sektor rahbarlari, mas’ul idora rahbarlari va tashkilot vakillarining xalq oldidagi hisobotida ma’lum qilgan.

Unda so‘z olgan viloyat hokimi Zoir Mirzayev tumanda qurilishi mo‘ljallangan ko‘pqavatli arzon uy-joylarni ajratishda birinchi navbatda jamoatchilik vakillari, oqsoqollar bilan maslahatlashib uylarni haqiqiy egasiga berishni, Qarshi shahrida qurilgan uy-joylarni kimlarga berilgani va yana o‘zining tashabbusi bilan haqiqiy egalariga topshirilganini misol tariqasida aytib o‘tgan.

«Qashqadaryoga yangi tayinlangan paytim Qarshi shahrida qurilgan arzon uy-joylarning egalarini surishtirganimda, 92 ta xonadondan 23 tasini hokimiyatning ishchilari olgan bo‘lib chiqqan. Barchasini chaqirib, sharmandasini chiqarib, oddiy fuqarolarga olib berganmiz», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida 3 mart kuni uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi. Unda davlat rahbari «2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur», deb ta’kidlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zoir Mirzayev: «Muhtoj oilalarga qurilgan arzon uylarni hokimiyat ishchilari olgan»