18:18 / 03.04.2021
3 482

Prokuratura: Jizzaxda IIB xodimi to‘pponchadan uzilgan o‘qdan vafot etgan

Prokuratura: Jizzaxda IIB xodimi to‘pponchadan uzilgan o‘qdan vafot etgan
Jizzax viloyati prokuraturasi «HUQUQ va ISTE`MOLCHI» gazetasida chop etilgan maqola yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 29 avgust kuni soat taxminan 09-40 larda Do‘stlik tuman IIB ma’muriy binosining nazorat o‘tkazish punktida xizmatga jalb qilingan tuman IIB xodimi bo‘lgan marhum Sh.B o‘ziga biriktirilgan «Makarov» nomli 7230-raqamli jangovar qurol bilan ko‘krak qismiga bir marotaba o‘q uzib, tan jarohati olganligi sababli tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan, Sh.B soat 10-30 larda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi prokuratura xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuratura: Jizzaxda IIB xodimi to‘pponchadan uzilgan o‘qdan vafot etgan