
Foto: «Shou-biznes yangiliklari»
Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda yigitlarning Toshkent metrosida osh tanovul qilayotgani aks etgan qisqa video tarqalgan edi. Endi o‘sha yigitlarning biri to‘yini ham metroda nishonladi.
— Shukhrat (@bankir2102) April 4, 2021
Videoda metro vagoniga olib kirilgan kichik xontaxta, shirinlik, ichimlik va piyolalardan tashqari tashkillashtirgan «to‘y»da kelin-kuyov hamda ularning do‘stlari bilan xursandchilik qilayotganini ko‘rish mumkin. Vagonda salom berayotgan kelin va raqsga tushayotgan kuyov jo‘ralarni metro yo‘lovchilari zavq bilan tomosha qilgan va qo‘l telefonlari yordamida suratga tushirgan. Ushbu video aynan qaysi metro bekatida tasvirga olingani noma’lum.
Toshkent metrosida bunday hayratomuz voqea birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. 2013 yilda yo‘lovchilardan biri metroda gamburger va kola buyurtma bergani aks etgan hazilomuz video ham tarqalgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar