Foto: «Uza.uz»
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 10 apreldagi «O‘zbekistonda Sharda universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan Andijonda tashkil etilgan Sharda universitetida ayni paytda bir necha yo‘nalishlarda talabalar ingliz tilida tahsil olmoqda.
Sharda universiteti hamda Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi o‘rtasida umumta’lim maktablarini oliy ta’limga tayyorlash, o‘quvchilarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ana shu hamkorlik doirasida bu yil ilk bor Sharda olimpiadasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mazkur olimpiadaning quyi bosqichlarida 6 ta fan (kimyo, biologiya, fizika, informatika, matematika, ingliz tili) bo‘yicha qariyb 4 mingdan ziyod o‘quvchilar ishtirok etdi. Yuqori natijaga erishgan 287 nafar bitiruvchi yoshlar olimpiadaning final bosqichida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.
«Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 18 nafar maktab bitiruvchisi muddatidan avval talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu albatta, o‘quvchilarimizni puxta bilim olishga bo‘lgan intilishi, faolligini oshiradi, qolaversa, oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda, muddatidan avval kirish imkonini beradi», – deydi Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov.
Qo‘shma loyiha doirasidagi navbatdagi olimpiada O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti (KIUF) hamkorligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi