16:06 / 05.04.2021
1 665

Sud qarori ijrosi ta’minlanib, kredit qarzi qaytarildi

Sud qarori ijrosi ta’minlanib, kredit qarzi qaytarildi
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlarini qonuniy himoya qilish hamda ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilib, tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan ularga kam foizli kreditlar ajratish va shu kabi boshqa imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda.

Shunday bo‘lsada ayrim tadbirkorlarimiz tomonidan bankdan olingan kredit qarzdorliklarini o‘z muddatlarida qaytarmaslik holatlari kuzatilmoqda, bu esa o‘z navbatida tadbirkorlik sub’ektlari va banklar o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomalari muddatidan oldin bekor qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudining 18.13.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdorlar “TRADING AND BUSINESS” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi ATB “Xamkorbank” Urganch filiali foydasiga asosiy kredit mablag‘i 447.156.000 so‘m, unga hisoblangan muddati o‘tgan foiz 2.619.397 so‘m hamda 15.610 so‘m pochta harajati, jami 449.791.007 so‘m undirish va undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish belgilangan.

Mazkur sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Yangiariq tuman bo‘limiga topshirilgan.
Byuroning Yangiariq tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor "TRADING AND BUSINESS" mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi ATB “Xamkorbank” Urganch filiali foydasiga jami 449.791.017 so‘m qarzdorlik undirilib, undirilgan pul mablag‘lari ATB “Xamkorbank” Urganch filiali hisob raqamiga o‘tkazib berilib, ijro hujjati tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud qarori ijrosi ta’minlanib, kredit qarzi qaytarildi