Foto:«Tergov.uz»
Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 36 yoshli Murod M.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (Qalbaki pullar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tuman IIB JQB xodimlari tomonidan 1 aprel kuni o‘tkazilgan tezkor-tadbirda Murod M., shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 2 700 000 so‘m evaziga 99 dona 100.000 so‘mlik kupyuradan iborat jami 9 900 000 so‘m qiymatiga teng soxta pullarni sotgan vaqtida ushlangan.
Tergov harakatlari davomida, Murod M.,ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, soxta pullarni tayyorlashda foydalanilgan bir dona “Lenovo” rusumli noutbuk va “NR” rusumli rangli printer hamda 5 000 so‘mlik kupyuradagi 200 dona jami 1 000 000 so‘m soxta pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi