Qashqadaryolik ona va uning qizi – X.Z. hamda T.I.lar Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxona va poliklinikalarga fuqarolarni ishga joylashtirishni va’da qilib jami 11 nafar fuqaroni chuv tushirgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Jabrlanuvchi fuqarolar ona-bolaga bu xizmatlari uchun 100 – 700 AQSH dollari bergan. Surishtiruvda ularning jami 11 nafar fuqarolardan 4 300 AQSH dollarini olib, o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, T.I.ning 2021 yil 1 va 2 aprel kunlari Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori va kotibasi hamda ko‘p tarmoqli poliklinika bosh shifokorilariga telefon orqali o‘zini mansabdor shaxs sifatida tanishtirib, SMS xabar yozib, yuqoridagi fuqarolarni ism- familiyasini yozdirib, ishga qabul qilishini talab qilgani aniqlangan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin