17:00 / 08.04.2021
2 205

“O‘zbekkino" Milliy agentligi nomi o‘zgardi

“O‘zbekkino" Milliy agentligi nomi o‘zgardi
Joriy yilning 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan “O‘zbekkino” Milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlanadi.

Agentlikning yangi nomi tashkilot oldida turgan asosiy vazifalarni ta’kidlab o‘tadi. Bu nafaqat kino san’atini yanada rivojlantirish, balki mamlakat qudratli kinosanoatini iqtisodiyotining tarmoqlaridan biri sifatida yaratishni targ‘ib qilishdir.

Farmonga asosan agentlik zimmasiga milliy kinematografiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlarni muntazam ravishda davom ettirish, ushbu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, zamonaviy va yuqori texnologik moddiy-texnik bazaga ega infratuzilmani yaratish, jahon tajribasi asosida filmlarni ishlab chiqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, respublikada kinoindustriyaning zamonaviy infratuzilmasini yaratish va filmlarni tarqatish tizimini rivojlantirish kabi vazifalar yuklatilgan.

Kinoteatrlar tarmog‘ini kengaytirish, xalqaro kinofestivallarni tashkil etish, kinoijodkorlarni rag‘batlantirish va ularga bir qator imtiyozlar berish, kinematografiya sohasi bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va boshqa ko‘p narsalar rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zbekkino" Milliy agentligi nomi o‘zgardi