17:50 / 08.04.2021
1 560

Qarzdor otalar ishga joylashtirildi

Qarzdor otalar ishga joylashtirildi
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi, shahar va tuman bo‘limlari tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, aliment to‘lovchi otalardan farzandlari uchun moddiy ta’minot undirish bilan bir qatorda ularning ish bilan band bo‘lmaganlarini bandligini ta’minlashga ham ko‘maklashib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Jalaquduq tumanida o‘tkazilib, sud tomonidan aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan ishsiz shaxslar uchun Byuroning Jalaquduq tuman bo‘limi tashabbusi bilan “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Yarmarkaga 40 ga yaqin qarzdor ishsiz otalar jalb qilinib, ularning 13 nafari shu kunning o‘zida doimiy ish joyiga ega bo‘lgan bo‘lsalar, 11 nafari tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi tomonidan ishsiz sifatida ro‘yhatga olinishiga ko‘maklashildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor otalar ishga joylashtirildi