
AQSHning Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi ayol Los-Anjelesdagi kvartirada yosh nabiralarining jasadlarini topgan. Taxminlarga ko‘ra, bolalar pichoq bilan yetkazilgan jarohatlar oqibatida vafot etishgan. Bu haqda NBC Los Angeles telekanali xabar berdi.
Bolalar uch va ikki yoshda, shuningdek kichigi olti oylik bo‘lgan. Keyinchalik politsiya qotillikda gumon qilinayotgan, bolalarning onasi 30 yoshli Liliana Karrilloni hibsga olgan.
Los-Anjeles politsiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayol Kaliforniyaning markazida, bolalar jasadlari topilgan kvartiradan to‘rt soat uzoqda joylashgan manzilda hibsga olingan. Shuningdek, u avtomobil o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda.
Politsiya qotillikning sabablarini hali aniqlay olmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar