19:00 / 13.04.2021
2 220

Gurlanda ajrashgan oilalar yarashtirildi

Gurlanda ajrashgan oilalar yarashtirildi
Byuroning Xorazm viloyat hududiy bo‘limlarida tomonidan ajrashga oilalarni tiklashi, voyaga yetmagan farzandlarning barkamol tarbiya topishi, ajrashgan oilalar sonining kamaytirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Byuroning Gurlan tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovottumanlararo sudining 24.02.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.Adan undiruvchi S.A.ning foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment undirish to‘g‘rsidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan to‘g‘ri huquqiy tushuntirish tadbirlaridan so‘ng ularning oilasi yarashtirilib, endilikda birga yashab hayot kechirishmoqda. Oddiygina aytganda, qarzdorning oilasini tiklashi, voyaga yetmagan farzandning barkamol tarbiya topishi, ajrashgan oilalar sonining kamayishiga erishildi.

Shuningdek bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor R.R.dan undiruvchi N.Yuning foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment undirish to‘g‘rsidagi ijro hujjati bo‘yicha ham taraflar yarashuviga erishildi.

Bundan tashqari, bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor O.Q.dan undiruvchi B.R.ning foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha ham taraflar yarashuviga erishildi.

Kelgusida mazkur oilalarning 5 nafar farzandlari bag‘ri butun bo‘lib, mehrga to‘lib ulg‘ayadilar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gurlanda ajrashgan oilalar yarashtirildi