19:23 / 13.04.2021
2 082

Qidiruvda Rossiyada ishlab yurgan qarzdordan 6,5 mln. so‘m aliment undirildi

Qidiruvda  Rossiyada ishlab yurgan qarzdordan 6,5 mln. so‘m aliment undirildi
Majburiy ijro byurosi Quva tuman bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 25.11.2014 yildagi qarzdor A.Berdaliyevdan undiruvchi X.Xamidova foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment undirish haqidagi 1-6753/14-sonli sud buyrug‘i 25.04.2019 yilda kelib tushgan.

Undiruvchi 2016 yilda turmush o‘rtog‘i bilan yarashib olgan va ijro hujjatini qaytarib olgan. Biroq, 2018 yil noyabr oyida Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk shahriga ishlash uchun ketib turmush o‘rtog‘i X.Xamidova va farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganligi sababli ijro ishi yurituvi uning arizasiga asosan 25.04.2019 yilda qayta tiklangan.

14.01.2020 yilda qarzdor A.B.yerdaliyevga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasiga kelmaganligi sababli uni ushlash imkoniyati bo‘lmagan.

Byuroning Farg‘ona viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan 07.04.2021 yilda onlayn videoaloqa orqali xorijda ishlayotgan A.Berdaliyev bilan o‘tkazilgan muloqot jarayonida unga aliment to‘lamaslikning huquqiy oqibatlari tushuntirilgan.

Shundan so‘ng, joriy yilning 12 aprel kuni qarzdorning ukasi T.Berdaliyev Byuroning Quva tuman bo‘limiga to‘lanmasdan qolgan 6 mln. 550 ming so‘m aliment pulini olib kelib undiruvchi X.Xamidovaga topshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvda Rossiyada ishlab yurgan qarzdordan 6,5 mln. so‘m aliment undirildi