20:45 / 13.04.2021
2 689

Ijarada turgan talabalarning ijara to‘lovini yarmi davlat tomonidan qoplanadi

Ijarada turgan talabalarning ijara to‘lovini yarmi davlat tomonidan qoplanadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugungi kunda 130 mingdan ziyod oliygoh talabalari ijarada yashamoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, bu masalani hal qilish bo‘yicha hukumat tomonidan alohida dastur tayyorlanmoqda. Unga ko‘ra, bunday talabalarga 1 maydan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi. Shu bilan birga, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablag‘i hisobidan ham qoplab beriladi.

Moliya vazirligi tomonidan ushbu maqsadlar uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

Prezident shuningdek oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, moliya vaziri Temur Ishmetov, rektorlar va viloyat moliya boshliqlariga ikki hafta muddatda ijarada turgan talabalar bilan uchrashib, 1 maydan to‘lovlarni amalga oshirish topshirig‘ini berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijarada turgan talabalarning ijara to‘lovini yarmi davlat tomonidan qoplanadi