Chegara bojxona postlari orqali tovar-moddiy boyliklarni bojxona nazoratidan yashirib olib kirilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro Yu.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada mazkur avtotransport vositasining old kapoti ostida va eshiklarining ichiga yashirilgan, xorijda tayyorlangan hamda sifatini kafolatlovchi birorta hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 16 million so‘mlik 16 kg “mo‘miyo” borligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining qaroriga asosan jarima va huquqbuzarlik ashyosi bo‘lgan “mo‘miyo” mahsulotlarini yo‘q qilish jazosi qo‘llandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi