13:14 / 17.04.2021
4 349

O‘zbekistonda 18 apreldan karantin talablari kuchaytiriladi


O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni oshib borayotgani sababli 18 apreldan boshlab mamlakat bo‘ylab karantin qoidalari kuchaytiriladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov ma’lum qildi.

18 apreldan kiritilayotgan o‘zgarishlar:
— IIV, Milliy gvardiya, Sanitariya epidemiologiya xizmati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, qo‘llarni antiseptik bilan zararsizlantirish tadbirlari nazoratini kuchaytiradi va qoidabuzarlarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlaydi.
— Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sanitariya epidemiologiya xizmati bilan birgalikda koronavirus aniqlangan har bir maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalari, kollej, litsey va oliy o‘quv yurtlarining faoliyatini ikki haftaga to‘xtatish hamda o‘qish ikki hafta onlayn rejimida amalga oshirilishini ta’minlaydi.
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, barcha tashkilot, korxona va muassasalar, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalar kirish qismida niqobda bo‘lish, tana haroratini o‘lchash, qo‘llarni antiseptik bilan zararsizlantirish amaliyotiga rioya etilishini qat’iy ta’minlashi lozim bo‘ladi. Karantin qoidalariga rioya etmagan muassasalar faoliyati vaqtincha yopilishi mumkin.
— Transport vazirligi va Sanitariya epidemiologiya xizmati jamoat transportlari tizimini 50 foiz miqdorida yo‘lovchilar tashilishini va shu maqsadda yo‘nalishli transport vositalari sonini oshirish hamda oxirgi bekatda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi. Temir yo‘l vokzallari, aeroportlarda karantin qoidalariga amal qilinishini qat’iy nazoratga olinishini ta’minlaydi.
— IIV, Milliy gvardiya, Sanitariya epidemiologiya xizmati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi to‘y va boshqa marosimlarda 100 kishidan ortiq bo‘lmaslik, iftorlik marosimlarini faqat oila davrasida o‘tkazish, masjidlarda jamoat namozlari, xususan Ramazon oyi munosabati bilan tarovih namozlarini masjidlarning ochiq havodagi maydonlarida tibbiy niqobda bo‘lish hamda oraliq masofani saqlagan holda tashkil etishni ta’minlaydi.
— Kafe va boshqa umumiy ovqatlanish ob’ektlarida ularning sig‘imini 50 foizdan ortiq bo‘lmagan holatda faoliyat yuritishi lozim, lekin maksimal soni 100 kishidan ortishi kerak emas.
— 1 maydan boshlab konsert tomosha dasturlarini yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish to‘xtatiladi.
— IIV, Milliy gvardiya, Sanitariya epidemiologiya xizmati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, mahalla idoralari bilan birgalikda uy sharoitlarida davolanayotgan bemorlarning xonadonlarida karantin qoidalariga amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 18 apreldan karantin talablari kuchaytiriladi