15:13 / 17.04.2021
2 588

«O‘zbekistonga koronavirusning ‘afrikacha’ shtammi kirib kelgan» — Abdulla Aripov


17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Bosh vazir yig‘ilishda mamlakat bo‘ylab kasallanish holatlari ortayotgatganini, shuningdek, koronavirus bolalarni ham qayd etilayotganini ta’kidlagan.

«Kasallik manbai 75 foiz holatda oila va qarindoshlarda, 14-15 foiz holatda ish joyida, 6-7 foiz holatda oliy ta’lim muassasalarida, 11-15 foiz holatda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yuqtirib olingani aniqlandi. Bu nima degani? Agar o‘tgan yilgi pandemiya holati tahlil qilinadigan bo‘lsa, maktab bolalarida kasallik yo‘q edi.

Yil boshida ‘britancha’ shtamm kirib keldi va u bolalarda ko‘p tarqalmoqda. Biz Toshkent shahar hokimligini taklifi bilan bir nechta maktab va bog‘chalarni yopishga majbur bo‘ldik.

Janubiy Afrika shtamm ham bizga kirdi, buni Ilg‘or texnologiyalar markazi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda juda chuqur tahlil olib bormoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan doimiy, kerakli davolanishdagi korreksiyalash ishlarini bajaryapti.

Lekin hali chegaralarni yopganimiz yo‘q, hali bunga sabab bo‘ladigan darajadagi xavfni ko‘rmadik. Ammo yil boshidan buyon kasallik ko‘payishi kuniga 15 nafardan 300 nafarga chiqdi», — deya qayd etadi bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, 30 yanvar kuni koronavirusning «britancha» shtammi O‘zbekistonga kirib kelgani ma’lum bo‘lgandi. U 23 yanvar kuni Dubaydan qaytib kelgan 10 yoshli qizchada aniqlangan. SSV esa koronavirusning yangi shtammi aniqlangan qizcha haqida nima uchun 1 haftadan keyin e’lon qilinganiga izoh berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekistonga koronavirusning ‘afrikacha’ shtammi kirib kelgan» — Abdulla Aripov