20:36 / 18.04.2021
2 589

Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari fosh etildi


Bojxona organlari tomonidan qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yish va shunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yashirin sexlarni fosh etish borasida ishlar tizimli asosda amalga oshirilmoqda.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda oldindan olingan tezkor ma’lumotlar asosida Nukus shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro Q.E. qo‘lbola usulda tayyorlangan 180 shishada jami 86,6 litr aroq mahsulotlarini noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, oldindan kuzatuvga olingan boshqa bir fuqaro Sh.S tomonidan qo‘lbola usulda tayyorlangan 48 shisha idishda 23,65 litr “Qaratau” nomli aroqlarni jami 876 000 so‘mga sotilishining oldi olindi.

Yana bir holatda Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro D.G xonadoni tegishli tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, rangli printerda chop etilgan jami 2078 dona qalbaki aksiz markalari, jami   340 litr tibbiyot etil spirti, 14,5 litr yelim idishlarda etil spirti, 7982 dona shtrix kodlar hamda qo‘lbola usulda aroq tayyorlashda ishlatiladigan uskunalar, 1 dona “Epson L 805” markali rangli printer, jami 1015 dona bo‘sh aroq shisha idishlari, 2 489 dona aroqlarning plastmassa qopqoqlari, 535 ta aroq shisha idishining alyumin qopqoqlari va boshqa buyumlar borligi aniqlandi.

Mazkur tezkor tadbir davomida dastlabki so‘rovga ko‘ra qiymati 16,8 million so‘mlik qo‘lbola usulda tayyorlangan aroqlar va uni tayyorlashda ishlatiladigan mahsulotlar aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari fosh etildi