21:51 / 18.04.2021
2 747

Fuqaroga 55,5 mln. so‘m haqi undirib berildi


Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 10.11.2020 yildagi 2-2005/12607-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Saidovdan undiruvchi Q.To‘ychiyev foydasiga 55 544 176 so‘m qarzdorlikni undirish haqida ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro varaqa bo‘yicha 04.12.2020 yilda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib, majburiy ijro harakatlari olib borilganida A.Saidov nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar aniqlanmagan. Shuningdek, qonun talablarini tushuntirishlarga qaramasdan A.Saidov sud hujjati ijrosini ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Joriy yilning 27 yanvar kuni qarzdor A.Saidovning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari cheklangan. A.Saidov tijorat maqsadlarida xorij davlatlariga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgach, Q.To‘ychiyevga qarzini qaytarishga to‘g‘ri kelgan.

Xususan, Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limida undiruvchi Q.To‘ychiyev xolislar ishtirokida 55 mln. 545 ming so‘m naqd pulni qarzdor A.Saidovdan to‘liq naqd shaklda qabul qilib olgan va shunga ko‘ra sud hujjati ijrosi to‘liq ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroga 55,5 mln. so‘m haqi undirib berildi