3 360
Prezidentni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi
Jizzax viloyati Baxmal tumanida O‘zbekiston Prezidentini internetda haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi, deya xabar qilmoqda viloyat prokuraturasi.
Ma’lum qilinishicha, 1969 yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan fuqaro V.K internetning YouTube va Facebook tarmoqlarida «V.K» (nomi qisqartirilgan) profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishlar qilgan.
U o‘z chiqishlarida Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka noto‘g‘ri talqin qilib, O‘zbekiston Prezidentini internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbarining obro‘siga putur yetkazish va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotganligi holati aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan DXX Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston Prezidentini internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi