12:51 / 24.04.2021
2 367

Yangi antirekord o‘rnatildi — bir kunda 399 kishida kasallik aniqlandi


O‘zbekistonda 23 aprel kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 399 ta yangi holat ro‘yxatga olindi — bu kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2021 yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Bundan avvalgi antirekord 21 aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 384 kishida COVID-19 tasdiqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining
  • 5 nafari Qoraqalpog‘istonda,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 54 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 83 nafari Toshkent viloyatida,
  • 217 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shunday qilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingani rasman tasdiqlangan shaxslar soni 88 679 nafarga yetgan. O‘tgan bir sutka ichida Qoraqalpog‘istonda 1 nafar, Buxoroda 7 nafar, Jizzaxda 15 nafar, Qashqadaryoda 2 nafar, Namanganda 6 nafar, Samarqandda 41 nafar, Sirdaryoda 6 nafar, Surxondaryoda 6 nafar, Farg‘onada 1 nafar, Xorazmda 6 nafar, Toshkent viloyatida 51 nafar, Toshkent shahrida 162 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 85 536 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 642 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2501 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi antirekord o‘rnatildi — bir kunda 399 kishida kasallik aniqlandi