19:45 / 24.04.2021
1 957

Energetik ichimliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini yurtimizga noqonuniy olib kirish holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro U.J. boshqaruvidagi “Hyundai Porter” rusumli yuk avtomashinasi Yangiqo‘rg‘on tumani Olmazor MFY hududida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu yuk avtomashina yukxonasida sifati kafolatlanmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 70,5 million so‘mlik 4704 dona energetik ichimliklar yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Energetik ichimliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi