17:11 / 26.04.2021
2 154

Toshkentdagi har bir mahallaga o‘rtacha 2 mlrd so‘mdan ajratiladi - Sherzod Asadov


Ayni damda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov boshchiligida o‘tkazilayotgan brifingda qator masalalar ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan, yangilik sifatida Toshkent xalqaro aeroportiga kirib borishdagi anchadan beri yopiq yotgan estakada yo‘li ochilishi, Fransiya fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan hamkorlikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochilishi ham rejalashtirilgan.

Brifingda bu haftada davlat rahbari ishtirokidagi muhim tadbirlar Xitoy Raisi Si Szinpin va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muloqotlari bo‘lib o‘tishi ham aytib o‘tilgan. Shuningdek, Toshkentdagi har bir mahallaga obodonlashtirish uchun o‘rtacha 2 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratilishi ham ma’lum qilindi.

Buning uchun har bir mahallaga, hozirgi holatidan kelib chiqib, o‘rtacha 2 milliard so‘mdan mablag‘ ajratish buyicha topshirik berdilar”, — degan Sherzod Asadov.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Parvoz mahallasini namuna qilib olib, Toshkent shahridagi barcha 524 ta mahallani shunday obod qilish bo‘yicha topshiriq bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi har bir mahallaga o‘rtacha 2 mlrd so‘mdan ajratiladi - Sherzod Asadov