23:03 / 28.04.2021
6 458

Prezident yangi qaror qabul qildi


2021 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini yanada rag‘batlantirish maqsadida:
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2021 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi ma’qullandi.
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2021 yilda aholi bandligiga ko‘maklashish uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya, nafaqalar va mikrokreditlar ajratish prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlandi:
  • subsidiyalar ajratish uchun – 92,3 milliard so‘m;
  • ishsizlik nafaqalari to‘lab berish uchun – 65,1 milliard so‘m;
  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish xarajatlarini qoplash uchun – 40,6 milliard so‘m;
  • yangi ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga ajratiladigan resurslar uchun – 125 milliard so‘m.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda olti oy muddatda «barcha uchun ish» tamoyili asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi «Mening ishim» buyurtmalar birjasi onlayn-maydonini ishga tushiradi.

«Mening ishim» buyurtmalar birjasi onlayn-maydonini ishga tushirishni moliyalashtirish Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
  • 2021 yil 1 iyulga qadar yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha hisobotlarni yuritish, ularni real vaqt rejimida Davlat soliq qo‘mitasining yagona integratsiyalashgan axborot-resurs bazasi bilan monitoring qilishga mo‘ljallangan elektron dastur ishlab chiqilishini;
  • uch oy muddatda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarori bilan belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni va ish beruvchilar tomonidan ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida aks ettirilishini;
  • ikki oy muddatda nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda tadbirkorlik sub’ektlari uchun bandlik sohasida interaktiv xizmatlar doirasi kengaytirilishini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident yangi qaror qabul qildi