28 aprel kuni «Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» AJning kelgusi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda styuardessalarning o‘zbek tilida yaxshi gapira olmasligi tanqid qilindi.
Jurnalistlarning o‘zbek milliy aviakompaniyasida faoliyat olib borayotgan styuardessalarga o‘zbek tilida ravon gapira olish talabi qo‘yilishi borasidagi savoliga transport vaziri hamda «Uzbekistan Airways» AJ boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov javob berdi.
«Albatta, bu o‘rinli savol. Albatta, bu narsa qo‘yilgan. Mavjud bo‘lgan bort kuzatuvchilarimizning hammasi o‘zbek tilini bilmagani sabab ularni almashtirib yubormaslik uchun biz ularga adabiy tilda chiroyli nutq so‘zlash imkoniyatiga ega bo‘ladigan kurslarni tashkil qilganmiz. Albatta, styuardessalarga qo‘yiladigan talablardan bittasi shu bo‘ladi», — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi