08:30 / 29.04.2021
1 838

Styuardessalarga o‘zbek tilida chiroyli gapirish talabi qo‘yiladi — Ilhom Mahkamov


28 aprel kuni «Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» AJning kelgusi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda styuardessalarning o‘zbek tilida yaxshi gapira olmasligi tanqid qilindi.

Jurnalistlarning o‘zbek milliy aviakompaniyasida faoliyat olib borayotgan styuardessalarga o‘zbek tilida ravon gapira olish talabi qo‘yilishi borasidagi savoliga transport vaziri hamda «Uzbekistan Airways» AJ boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov javob berdi.

«Albatta, bu o‘rinli savol. Albatta, bu narsa qo‘yilgan. Mavjud bo‘lgan bort kuzatuvchilarimizning hammasi o‘zbek tilini bilmagani sabab ularni almashtirib yubormaslik uchun biz ularga adabiy tilda chiroyli nutq so‘zlash imkoniyatiga ega bo‘ladigan kurslarni tashkil qilganmiz. Albatta, styuardessalarga qo‘yiladigan talablardan bittasi shu bo‘ladi», — dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Styuardessalarga o‘zbek tilida chiroyli gapirish talabi qo‘yiladi — Ilhom Mahkamov