
Angren shahar IIBga 25 yoshli T. Feruza ariza bilan murojaat qilib, tanishi uning shaxsiy fotolarini tarqatib yuborganini ma’lum qiladi.
Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 22 yoshli T. Sardorbek Feruzaning nojo‘ya ko‘rinishdagi fotolarini sobiq eriga yubormaslik uchun $300 talab qiladi.
Feruza talab qilingan pullarni bera olmagach, Sardorbek fotolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.
Tergovga qadar tekshiruvda, T. Sardorbek T. Feruzadan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan yozishmalar borligi aniqlangan.
Holat bo‘yicha T. Sardorbekka nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar