
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari va holatlar haqida ma’lumot berdi.
— Bugungi kunda ishlab chiqilgan vaksinalar birlamchi paydo bo‘lgan koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan.
Vaksinalar aynan birlamchi koronavirus infeksiyasiga qarshi bo‘lsa-da, britancha shtammga ta’sir etayotgani haqida ma’lumotlar mavjud.
Lekin, afrikancha shtamm o‘ziga xos kechuvi, dori vositalariga turg‘unligi va vaksinatsiyaning bu shtammga ta’siri bugungi kunda o‘rganish jarayonida.
Ba’zi olimlar taxminiga ko‘ra afrikancha shtamm ba’zi bemorlarda dori vositalarga turg‘unligi kuzatilayotgan bo‘lsada, vaksinatsiya olganlarda u shtamm bilan kasallansalar, kasallikni yengil kechuvini o‘tishiga erishish mumkin, — dedi mutaxassis.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar