22:36 / 04.05.2021
2 311

Undirilayotgan ayrim turdagi mablag‘lar ehtiyojmandlarga qaratiladi


Asaka tumanlararo iqtisodiy sudining 15.11.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan “BUNYODKOR SERVIS LYUKS” XKdan davlat foydasiga 131 mln. so‘m davlat boji undirish belgilangan.

Sudning mazkur hujjatiga asosan Byuroning Asaka tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, bu haqda taraflarga ma’lum qilingan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, korxonadan 131 mln. so‘m pul mablag‘lari undirilib, ijro ishi yuritish amalda tamomlandi.

Kelgusida mazkur pullarning ma’lum bir qismi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Undirilayotgan ayrim turdagi mablag‘lar ehtiyojmandlarga qaratiladi