11:50 / 05.05.2021
2 012

IIV tizimiga ishga kiritib qo‘yishi uchun 4,5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi


Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Toshkent viloyatida tanishlari orqali IIV Qorovul qo‘shinlarining quyi tizimiga xizmatga joylashtirishni va’da qilib, buning evaziga 4,5 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, G‘.Sh. ismli shaxs fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uni xizmatga joylashtirish evaziga pul talab qilgan va kelishilgan summaning 2,5 ming dollarini olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat bo‘yicha G‘.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV tizimiga ishga kiritib qo‘yishi uchun 4,5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi