Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Ichki ishlar vazirligi va xalq ta’limi vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan Qo‘shma Hay’at majlisida o‘quvchilarni maktabda bo‘lish vaqti FACE ID tizimi orqali nazorat qilinishi haqida aytib o‘tdi deya yozmoqda O‘zA.
Xabarga ko‘ra, ichki ishlar vaziri general-leynenant Po‘lat Bobojonov ikki hamkor vazirliklarning tarixiy uchrashuvi sifatida e’tirof etilgan mazkur hay’at majlisida uchinchi renessans poydevori bo‘lgan yoshlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy barcha choralarni ko‘rilishini bildirgan.
Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holatlar, o‘quvchilar tomonidan qo‘l urilgan jinoyatlar va uning oqibatlari muhokama qilindi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ham o‘zaro hamkorlik natijasida birinchi navbatda kelajak avlod, maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun zaruriy sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilganligini ta’kidlab o‘tgan. Ayni vaqtda besh tashabbus doirasida barcha maktablar internet bilan ta’minlanmoqda.
«O‘quvchilarni nazorat qilish va ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida maktablarda face id tizimini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida sinf xonalariga ovozli kameralar o‘rnatish va ularni ichki ishlar organlari hamda profilaktika inspektorlari bilan integratsiyalashuvini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?