15:00 / 07.05.2021
2 559

O‘zbekiston va Qozog‘iston «Osiyo shengeni»ni joriy etadi


Qozog‘iston va O‘zbekiston Shengen vizasining «osiyocha» versiyasini joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik.kz Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi axborot xizmatiga tayanib.

«Hozirgi vaqtda Ipak yo‘li hududiga kiradigan mamlakatlarga kirish va qolish uchun Silk Road Visa’larini berishning yagona elektron tizimini joriy etish masalasini muvofiqlashtirish jarayoni O‘zbekiston bilan birgalikda olib borilmoqda», deyilgan rasmiy bayonotda.

Silk Road Visa nima?
«Silk Road Visa Buyuk ipak yo‘li ustida joylashgan mamlakatlar uchun Shengen vizasining analogiga aylanishi mumkin. Taklif etilayotgan mexanizm transmilliy sayyohlik yo‘lidagi to‘siqlarni (turistlarning qo‘shni davlatlar chegaralaridan o‘tishdagi viza, bojxona va chegara to‘siqlari) yengib o‘tishga imkon beradi. Hozirda bir qator mamlakatlardan kelgan chet elliklar ikkita davlat - Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun alohida viza olishlari kerak. Turistlarning sayohat davomida tez qaror qilishini inobatga olsak, bu ikki davlat hududiga birdaniga tashrif buyurishida muammolarni keltirib chiqarmoqda», deyilgan Qozog‘iston Madaniyat vazirligi xabarida.

«Osiyo Shengeni» qachon paydo bo‘ladi
Hozirgacha Silk Road elektron viza loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ikki mamlakat rasmiylari o‘rtasida 2ta konsullik va 4ta ishchi guruhlari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Ayni paytda axborot tizimlarini birlashtirish, loyihani birgalikda moliyalashtirish, shu jumladan, yagona konsullik yig‘imini belgilash va loyihani to‘liq amalga oshirish uchun hukumatlararo bitim tuzish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Rejaga muvofiq, bu ish joriy yilning oxiriga qadar yakunlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Qozog‘iston «Osiyo shengeni»ni joriy etadi