09:22 / 10.05.2021
1 551

Toshkentda avval ham o‘g‘rilik uchun sudlangan shaxs 7,5 mln so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘mardi


Foto: Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida avval ham o‘g‘rilik qilgani uchun sudlangan shaxs 7,5 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irladi, deya xabar bermoqda shahar IIBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani IIO FMBga 54 yoshli O.U. murojaat qilib, 15 aprel kuni noma’lum shaxs xonadonining eshigini buzib, 7 500 000 so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketganini ma’lum qildi.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan choralar davomida gumonlanuvchi — muqaddam o‘g‘rilik uchun sudlangan 28 yoshli J.M. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda avval ham o‘g‘rilik uchun sudlangan shaxs 7,5 mln so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘mardi