1 681
Istanbulda qiyin ahvolda qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik aviareys bilan vatanga qaytarildi
Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi
Turkiyaning Istanbul shahriga ishlash maqsadida borib, pandemiya sharoitida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan hamda koronavirus kasalligini boshidan o‘tkazgan O‘zbekiston fuqarolari va ularning farzandlari vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur murojaatlarni qanoatlantirish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Bosh konsulxona va Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilib, fuqarolar Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga olib kelingan.
«Moliyaviy qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro migratsiya tashkiloti mas’ul xodimlari kutib oldi va ular yashash manziliga kuzatildi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin