22:00 / 10.05.2021
1 210

7 yil to‘lanmagan 63 mln. so‘mga yaqin aliment undirilishi jarayonida oila ham yarashdi

7 yil to‘lanmagan 63 mln. so‘mga yaqin aliment undirilishi jarayonida oila ham yarashdi

Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga FIB Shayxontohur tumanlararo sudining 2014 yil 4 mart kunidagi sud qaroriga asosan, qarzdor A.Nabiyevdan undiruvchi D.Xamrakulova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Davlat ijrochisining aliment qarzini hisoblash to‘g‘risidagi qaroriga asosan, qarzdorning 2014 yil 4 mart kunidan 2021 yil 1 may kuniga qadar alimentdan bo‘lgan qarzi jami 62.496.000 so‘mni tashkil qilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, 2021 yil 8 may kuni bo‘lim davlat ijrochisi J.Sherqoziyev tomonidan qarzdor A.Nabiyevdan undiruvchi D.Xamrakulova foydasiga jami 62.496.000 so‘m aliment puli to‘liq undirildi. Bundan tashqari, huquqiy tushuntirish va profilaktik suhbat davomida ushbu oila yarashtirilib, oila tiklandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » 7 yil to‘lanmagan 63 mln. so‘mga yaqin aliment undirilishi jarayonida oila ham yarashdi