2 102
Nega AQSH elchixonasi o‘zbekistonliklar bergan viza arizalarining 65—70 foizini rad etadi?
Foto: Facebook
AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum nima sababdan (o‘zbekistonliklarning) viza arizalarining aksariyat qismiga rad javob berilishini ochiqladi. Bu haqda u “Xabar.uz” nashriga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tgan.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, viza tizimida viza olgan kishilarning qancha foizi muddat tugaganidan keyin ham AQSHda qolib ketganiga e’tibor qaratadi. Boshqacha qilib aytganda, misol uchun, Work and Study maxsus dasturi bo‘yicha 3 oylik viza bilan Amerikaga ketgan kishilar muddat o‘tgandan so‘ng ham u yerda qolib ketadi, ya’ni viza muddatini o‘tkazib yuboradi.
«Afsuski, AQSHga borayotgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq bunday ko‘rsatkich dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriroq. Ochig‘ini aytganda, vizaga ariza beruvchilarning viza olishda mushkulliklarga yo‘liqayotganining asosiy sababi ana shunda. Bu, albatta, keyingi paytlarda vizani rad etish ko‘rsatkichi ham anchagina yuqori bo‘lishiga olib kelmoqda», — deydi u.
AQSH elchisi o‘tgan yili pandemiya sabab viza olish imkoni ko‘p bo‘lmagani, ammo 2020 yildan oldin vizani rad etish ko‘ratkichi yuqori bo‘lgani va odamlar viza muddati tugagach uylariga qaytmasligidan xavotirda ekanini bildirgan. «O‘ylaymanki, vaqt o‘tishi bilan bu narsalar o‘zgaradi», — deydi Rozenblyum.
Shuningdek, u o‘zbekistonliklar orasida AQSH viza berish jarayonida da’vogarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini tekshiradi degan mish-mishlarga ham to‘xtalib o‘tgan.
«AQSH Davlat departamenti immigratsion vizaga da’vogarlarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari, xavfsizlikni tekshirish jarayonining bir qismi sifatida, shuningdek, noimmigrant toifalar (talaba, turist, almashuv dasturi) uchun ba’zi vizaga murojaat etuvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi», — deya ta’kidlaydi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin