20:25 / 12.05.2021
970

Hokimlikdan tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi

Hokimlikdan tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi

Barchamizga ma’lumki, so‘ngi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada byuroning Nurota tuman bo‘limi tomonidan ham tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga undiruv bilan bog‘liq ijro hujjatlarini ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining 12.04.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan, Nurota tuman hokimligidan “Nurota Burmashtex” MCHJ foydasiga 223,5 mln. so‘m miqdorida pul mablag‘i undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 30.04.2021 yilda kelib tushgan bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan shu kunning o‘zida Qonunning 23-moddasiga asosan “Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida” qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida, 223,5 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘i “Nurota Burmashtex” MCHJ foydasiga to‘liq undirilib, ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Hokimlikdan tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi