23:35 / 12.05.2021
3 737

«Oysha xola ismli YPX xodimi»: voqea aslida qanday bo‘lgandi?


Ijtimoiy tarmoqda «Oysha xola ismli YPX xodimi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi.

Joriy yilning 30 aprel kuni Toshkent viloyati IIB YHXB YPX inspektori F.Mavlonov Quyichirchiq tumanida xizmat olib borayotgan vaqtida me’yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida «Lasetti» rusumli avtomobilni to‘xtatgan. Tekshiruv jarayonida haydovchi 2004 yil tug‘ilgan A.A.ning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari yo‘qligi (yoshi to‘g‘ri kelmasligi) aniqlangan.

Xodim ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomobilni jarima maydoniga yuborilishini aytgandan so‘ng haydovchi xodimga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatgan va video tasvirga olishni boshlagan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Holat yuzasidan fuqaro A.A.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqilishi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Oysha xola ismli YPX xodimi»: voqea aslida qanday bo‘lgandi?