
Buxoroda shahar tug‘ruq majmuasi reanimatsiya bo‘limi mudiri fuqarodan pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi hamda Departamentning shahar bo‘limi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Natijada 2021 yilning 7 may kuni shahar tug‘ruq majmuasi reanimatsiya bo‘limi mudiri, Buxoro shahar Usta Shirin ko‘chasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro K.O. o‘z xizmat vazifasini suiiste’mol qilib, fuqaro H.R.ning kelini bemor L.M.ning homilasini jarrohlik yo‘li bilan dunyoga keltirganligi uchun tamagirlik yo‘li bilan kimyoviy ishlov berilgan 450 ming so‘m pullarni talab qilib olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan jinoyat ustida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning shahar bo‘limi tomonidan fuqaro K.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-modda 3-qismi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar